Saratov
Saratov – RFdagi shahar (1780 y.dan), Saratov viloyati markazi. Volga daryosining o’ng sohilidagi yirik dare porti (Volgograd suv ombori). T.y. va avtomobil yo’llari tuguni. Aholisi 886,1 ming kishi (1998). S. 1590 y.da qal’a sifatida barpo qilingan. 1670— 71 y.lardagi dehqonlar urushi davrida saratovliklar shaharni ST. Razinta top- shirib unga faol yordam berdilar, 1774 y.da S.ni E. I. Pugachyov qo’shinlari bosib oldi. 1780 y.dan Saratov noibligining, 1797 y.dan Saratov gubernyasi, 1928 y.dan Quyi Volga, 1934— 36 y.larda Saratov o’lkasi markazi. Hozirgi S. — RFning yirik sanoat markazi. Mashinasozlik (stanoksozlik, dizel, energetika ma- shinasozligi, elektr termik jihozlar, podshipnik va b. z-dlar), neftni qayta ishlash, kimyo, yog’ochsozlik, oziq-ovqat sanoatlari korxonalari, texnik shisha z-dlari bor. 10 oliy o’quv yurti (shu jum- ladan, un-t, konservatoriya), tsirk, filar- moniya, 4 teatr (shu jumladan, opera va balet teatri), o’lkashunoslik, A. N. Ra- dishchev badiiy muzeylari, yozuvchilar N. T. Chernishevskiy (S.da tugilgan va vafot etgan), K.A. Fedin muzeylari mavjud. Me’moriy yodgorliklardan troisa sobori (17-a.) va turar joy binolari (19- a. 1-yarmi) saqlangan.