SARATONGUL

SARATONGUL (Hemerocallis fulva) piyozdoshlar oilasiga mansub ko’p yillik o’t. Evropaning o’rta qismi, Osiyoning g’arbida o’sadi. Ildiz bo’g’izi to’pbargli yashil, tarnovsimon, tuksiz. Poyadagila- ri esa mayda bo’lib, gulyonbargchalarga o’xshaydi. Gullari yirik, qizg’ishsariq, hidsiz. To’pguli siyrak, chochoq. Iyun- ning boshidan gullaydi. S. sovuqqa chidamli, manzarali o’simlik. Asosan, yoz oxirida ildizini bo’lish yo’li b-n ko’paytiriladi. Soyaroq erlarda, ariq va hovuzlar bo’yida yaxshi usadi. Ildizpoya- si xalq tabobatida ishlatiladi. Ziravor sifatida ovqatga solinadi. O’rta Osiyoda ayni saratonda gullay boshlagani tufay- li S. deb ataladi.