Stabilizator

Stabilizator (lot. stabilis — turg’un, doimiy) — i. ch. jarayoni, mashi- na parametrlari, elektr kattaliklar va b. ko’rsatkichlarni bir me’yorda ushlab turadigan asbob, moslama yoki modda. Mas, aviasiya Si — samolyotning bo’ylama turg’unligi va boshqariluvchanligini ta’minlaydigan quyruq qanotining qo’zg’almas qismi. Kuchlanish yoki tok Si tarmoqdagi kuchlanishning o’zgarishi va nagruzka kiymatidan qat’i nazar kuch- lanish yoki tokni avtomatik tarzda bir- Day ushlab turadi. Dengiz Si kemaning chayqalishini kamaytiradi, u giroskop printsipiga asoslangan. Fotografik S. foto emulsiyalarning eskirishini se- kinlatish yoki unga barham berish uchun ishlatiladigan modda. S. sifatida si- mob, oltin, platinaning kompleks bi- rikmalari va b. og’ir metallarning tuz- lari ishlatiladi. P o limerlar Si ham ularning eskirishini to’xtatuvchi modda; oksidlanishga karshilik ko’rsatuvchi an- tioksidantlar, fotoliz va fotooksidla- nishni to’xtatuvchi fotostabilizatorlar, nurlanish ta’siri ostida eskirishga to’sqinlik kiluvchi antiradlar va b.dan iborat.