Sperri (Sperry) Rojer Uolkott
Sperri (Sperry) Rojer Uolkott (1913.20.8) — amerikalik psixolog va neyrofiziolog. Obermin kolleji (Ogayo shtati) va Chikago un-tida o’qigan; shu un- tda, Garvard un-ti, Kaliforniya texnolo- giya in-tida prof. Ilmiy izlanishlari nerv sistemasining tuzilishi, ko’rish neyrofiziologiyasi, komissurotomiya (chap va o’ng bosh miya yarim sharlarini bi- riktirib turuvchi yo’llarni jarroxdik usulida kesish) asoratlari, chap va o’ng miya yarim sharlarining vazifalarini o’rganishga oid. Nobel mukofoti Laure- ati (1981, D. Xyubel va T. Vizal bilan hamkorliqda).