ZENIT TELESKOP

ZENIT TELESKOP – Zenit atrofidagi yulduzlarning Zenitdan uzoqliklarini o’lchashda qo’llaniladigan astronomik asbob. Joyning kengligini aniqlash uchun ishlatiladi. Teleskop azimutal qurilmaga o’rnatilgan bo’lib, uning fokal tekisligiga okulyar mikrometr mahkamlangan. Zenit teleskopning ufqqa nisbatan holati 2 ta maxsus vaterpas (shayton) bilan nazorat qilinadi. Joyning kengligi ±0,10′ — ±0,15′ aniqlikda topiladi. O’zbekistonda Astronomiya intining kitobdagi filialida Bamberg va ZTL180 rusumli Zenit teleskop ishlatiladi. Uning ob’yektiv diametri 180 millimetr, fokus masofasi 2360 millimetr.