Sonet

Sonet (ital. sonetto) — 14 mis- radan iborat turg’un she’riy shakl. S. qat’iy qonun—qoidalar asosida yarati- ladi. U 4 banddan iborat bo’lib, 1 va 2 bandlar 4 misradan (katren), 3 va 4 band- lar 3 misradan (terset) tashkil topadi. Katrenlar, ko’pincha, avav avav yoki avva avva shaklida, tersetlar esa cdc dcd yoki cde cde shaklida qofiyalangan bo’ladi. Eng muhimi — qofiyalar to’la va jarang- dor bo’lishi lozim. S faqat shaklan emas, mazmunan ham shunday talablarga ja- vob berishi kerak. Mas, uning 1bandida asosiy fikr aytiladi, 2bandda bu fikr rivojlanadi, 3bandda echim, 4bandda esa xotima ifodalanadi. S 13-a.da vujudga kelgan. S.ning mustaqil she’r turi si- fatida shakllanishida F. Petrarkaning xizmati katta. Dante, P. Ronsar (152485), V. Shekspir, I. Gyote kabi shoirlar S.ning mumtoz namunalarini yaratgan- lar. Rossiyada ilk bor 18-a.da V. Tredi- akovskiy, A. Sumarokovlar, keyinchalik A. Pushkin, M. Lermontov, A. Fet kabi shoirlar, 20-a.da A. Blok, B. Bryusov, A. Axmatovalar S.lar yaratganlar. S. o’zbek she’riyatida 30y.larda paydo bo’ldi. US – mon Nosir, Barot Boyqobilov, Rauf par- Fi va boshqalar S. yozganlar.