Soyagixona

Soyagixona — mayiz quritish uchun paxsadan qurilgan maxsus xona. Mayiz quritishning eng qad. usullari- dan biri. Qashqadaryo viloyatining tog’li hududlarida ko’p uchraydi. S. atrofi ochiq, shamol esib turadigan, balandroq joylarda 8x5x4,5 m o’lchamlarda, paxsa eni 60-70 sm qilib quriladi. Xona ichi shamollab turishi uchun to’rt devorida shaxmatnamo tartibda uz. 60— 70 sm, ken- gligi 12-14 sm tirqishlar qoldiriladi. Xona ichida erdan shipga qadar yog’och ustunlar o’rnatilib, ularga ko’ndalang qilib 20-30 sm oralikda uzum boshla- rini osish uchun taxta qoqiladi yoki sim tortiladi. S.da quritish uchun g’ujumlari ko’kimtir tusdagi oq kishmish tanlab uziladi, uzum boshlari bir sutka soya joyda so’litiladi va saralab, S.ga osib chiqiladi. Quritish soyada, nim qorong’i muhitda davom etgani uchun, mayiz yangi uzilgan uzum tusini saqlab qoladi. Quritish 30-40 kun davom etadi, so- yagi mayiz chiqishi 20-22%. Keyingi yillarda O’zbekistonning boshqa VI- loyatlarida qora kishmish navlari ham soya joyda quritilib, soyagi mayizlar tayyorlanmoqda.