ZIVIYE

ZIVIYE — Eronning shimoli g’arbidagi qadimgi manzilgoh (miloddan avvalgi 8-asr oxiri — 7 asr o’rtasi). Ziviyedan oltin, kumush, jezdan yasalgan buyumlar xazinasi topilgan (1947). Frantsuz arxeologi R. Girshman tomonidan 1950-60 yillarda tadqiq etilgan. 341 ta buyumdan 43 tasi oltin, 71 tasi kumush, 103 tasi fil suyagidan ishlangan. Ziviye tepaligi ustida kichik qal’a xarobalari saqlangan (miloddan avvalgi 8 asr oxiri — 7 asr o’rtasi). R. Girshmanning fikricha, Ziviye tepaligi skiflar podshosi (Partatuy) ning o’g’li, skiflar yo’lboshchisi Madiyning qabri bo’lgan (miloddan avvalgi taxminan 624 yil vafot etgan). Ko’plab qurol-aslaha, hokimiyat belgisi sanalgan Diadema, oltin kamar, pektoral — ko’krakka taqiladigan bezak va boshqalar topilgan. Oltin buyumlardan birida podiyu o’ziga hamla qilayotgan sherga shamshir urayotgani, sopol buyumlarda oyoqlarini yig’ishtirib olgan shoxli bug’u, qoplon, tog’ echkisi, grif (afsonaviy yirtqich qush), quyon va boshqa tasviri skiflarning «hayvoniy uslubida» ishlangan. Ko’chmanchilarning jangovar qo’shinlari dastlab miloddan avvalgi 8 asrga oid Yaqin Sharq yozma manbalar (bizga ma’lum bo’lgan eng qadimiysi — Ossuriyalik josuslarni Urartudan 720 yillarda yozgan xabarnomasi) ida: «umman manda (manda qabilasi)», «gummaru» (kimmeriylar), «ashkuzay», «ishkuzay» (skiflar), «saka» (saklar) uchraydi. 7 asrning 70 yillari bu qabilalar Old Osiyo tashqi siyosatida faol qatnasha boshlaydilar va keyinchalik hatto Janubiy Ozarbayjonda, Mana davlatining yaqin atrofida uzoq mavjud bo’lmagan (28 yil) «skif podsholigi» ni barpo etganlar. Ad.: Lukonin V. G., Drevniy i rannesrednevekoviy Iran, M., 1987.