Sebarga

Sebarga (Trifolium) — dukkak- doshlarga mansub bir, ikki va ko’p yil- lik o’tsimon o’simliklar turkumi, em- xashak ekini. 200 ga yakin turi shim. yarim sharning mo»tadil, shuningdek, subtropik mintaqalarida, qisman Jan. Amerika va Afrikada uchraydi. Kizil (T.pratense L.), pushti S. (T. hubridum), oq S. (T. repens), Misr S.si (T. alexandrinun L.), Eron S.si (T. resupinatum L.) tur- lari dehqonchilikda keng tarqalgan. O’zbekistonda, asosan, qizil S, Misr S. si (bersim) va ekiladi. Kizil yoki o’tloq S.si ikki yillik o’tsimon o’simlik. Il- dizi o’q ildiz, 30 — 40 sm chuqurlikda joylashadi, ayrimlari 1 m gacha boradi; ildizida 1-3 mm li tuganaklar hosil bo’ladi. Poyasi tik usadi, shoxlanadi. Bargi 3 bo’lakli, chetlari tekis, bandi- ning uz. 12-20 sm. Guli mayda, kizil, oq, binafsha. Gulto’plami dumaloq, ba’- zida shingilsimon. Bir to’plamda 100— 135 gul mavjud. Mevasi 3-6 urug’li DUK- kak, rangi sariq, qo’ng’ir. Urug’i sariq, binafsha; mayda, 1000 ta urug’i vazni 1,2—2 g. Urug’i 1— 2° haroratda unib chiqadi. 15-29° da yaxshi o’sib rivojla- nadi. Mo»tadil nam iqlimga moslash- gan. Ekilganidan keyin 6-7 kunda unib chikddi. Maysasi 65-80 kunda gullaydi, 110-120 kundan keyin urug’i pishadi. Kizil Sdan yuqori to’yimli ko’kat, pi- Chan, silos, vitaminli o’t uni tayyorla- nadi. 100 kg ko’katida 20 ozuqa birligi, 2,7 kg oqsil, 380 g kaltsiy, 70 g fosfor, 400 mg karotin; 100 kg pichanida esa 52,2 ozuqa birligi, 7,9 kg oqsil, 1200 g kaltsiy, 340 g fosfor, 2500 mg karo- tin mavjud. S. tuproqni azot b-n boyi- tadi. 1 ga da 100-200 kg hisobida sof azot to’playdi. Bir dalada S. 2-3 yil davomida o’stiriladi. Har o’rimda 1-3 marta sug’oriladi. To’yimli pichan, ko’kat olish uchun gullagan davri boshlanishi b-n o’rib olinadi. O’zbekistonda qizil S.ning O’zbekiston sholichilik i.t. in- tida Uzros (1954) va O’zbekiston 3 (1981) navlari chiqarilgan va barcha viloyatlar uchun r-nlashtirilgan. Kasalliklari: antraknoz, rak, fuza- Rioz, askoxitoz, zang. Zararkunandalari: uzuntumshuq, shilimshiq. Ad.h Otaboeva H. va b., O’simlikshunoslik, T., 2000. Halima Otaboeva.