Seldsimonlar

Seldsimonlar (Clupeiformes) suyakli baliqlar turkumi. Uzunligi, odatda, 5-75 sm, faqat doraba balig’i -3,7 m, vazni (dorabadan tashqari) — 4 kg gacha. Jabra nurlari 5-20 ta. Suzgich pufagi ochiq, uning o’simtalari eshitish kapsulasi ichiga kiradi. Suzgichlari ti- kansiz. Orqa suzgichi bitta. Qorin suz- gichlari 6-8 nurli. Tangachalari tsiklo- idsimon. Yon chiziqlari bo’lmaydi, ammo jabra qopqog’ida sensor naylari yaxshi rivojlangan. 3 oilasi (seldlar, an- chouslar, dorabalar); 70 urug’i va 300 ga yaqin turi ma’lum. Tropik, iliq va ba’zan sovuq suv- li dengizlarda yashaydi. Ayrim turlari chuchuk suvlarda uchraydi yoki uvildiriq tashlash uchun daryolarga o’tadi. To’da bo’lib va pelagik yashaydigan baliklar plankton b-n oziqlanadi. Ko’pchilik turlari ovlanadi. Yashash sharoitining o’zgarishi yoki ko’p ovlanishi tufayli ay- Rim turlari (Kaspiy S.) keskin kamayib bormoqda. Sdan Orol dengizida salaka yashagan.