ZENON (ZENON ELEATES)

ZENON (ZENON ELEATES) Eleyalik (miloddan avvalgi taxminan 490-430, Eleya, Janubiy Italiya) — yunon faylasufi. Eleya maktabi namoyandasi. Parmenidning o’zgarmas, bo’linmas borliq haqidagi ta’limotini rivojlantirdi, o’zining 45 paradoksi (aporiya) ni olg’a surdi. Harakatning mumkin emasligi, narsalarning ko’pligi va shu kabilarni asoslamoqchi bo’ldi. Aristotel Zenonni dialektika asoschisi deb hisobladi. Zenon fikricha, haqiqatga bahs yuritish yoki qarama-qarshi fikrlarni talqin etish orqali erishiladi (u o’z ta’limotini suhbat shaklida ifoda etgan). U «Axilles», «o’q» kabi paradokslari bilan mashhur bo’lgan.