Sizlog’ich

Sizlog’ich, follikulit tuk (soch) xaltachasi og’zi (follikula)ning yiringli yallig’lanishi. Stafilokok- klar qo’zgatadi. Teri tozaligi va shaxsiy gigiena qoidalariga rioya qilmaslik, terining tirnalishi va chaqalanishi, organizmda moddalar almashinuvining buzilishi, A va S vitaminlar etishmas- ligi, ko’p terlash va boshqalar S.ga sabab bo’ladi. Faqat yuzdagi soch xaltachasi (q. Soch) yallig’langanda sikoz ro’y beradi va surunkali kechadi. Terining tukli qismida: yuz, bo’yin, son va b. sohalarda uchraydi. Yuza va chuqur S. farq qilinadi. Yuza S.da mayda (0,5 sm cha), dumaloq qizil tuguncha hosil bo’ladi, uning atro- Fi bir oz qichishadi, tez orada shu tugun- chadan o’rtasida sochi bor sarg’imtiryashil yiringcha uch beradi. Ba’zan yiringlagan joy atrofi qizarib qoladi. Yuza S, odat- da, hech qanday iz qoldirmay 2-3 kunda yo’qolib ketadi. Chuqur S.da tugunchalar xiyla kattaroq (diametri 1 sm cha), konus- Simon shaklda bo’ladi, teri qipqizarib turadi: shu joy qattiq bo’lib, Bezil- lab og’riydi, yorilganda ichidan yiring chiqadi. Kasallik 7-10 kunda tuzaladi, lekin o’rnida dog’qoladi. Teriga 1-2 dona mayda yiringchalar toshib, ichidan soch chiqib turgan hollarda dastlabki davo sifatida 1% li brilliant ko’ki, metilen ko’ki va b. b-n artish tavsiya eti- ladi. Agar yiringchalar soni ko’p bo’lsa, darhol vrach ga uchrashish lozim. S.ni (xususan, yuzdagi S.ni) sitish yaramaydi, aks holda infektsiya tarqalib ketishi mumkin. S. surunkali kechganda parhez sakdash, achchiq, shirin, sho’r ovqatlar is- te’mol qilmaslik; sut va o’simliklardan tayyorlangan servitamin ovqatlar tanov- vul qilish tavsiya etiladi. S.ning oldi- ni olishda teri tozaligiga alohida e’ti- bor berish ayniqsa muhim.