Solovki orollari
Solovki orollari – oq dengizdagi bir guruh orollar. One- ga qo’ltig’iga kiraverish joyida (RF Arxangelsk viloyati). Mayd. 347 km2. Guruh tarkibiga 6 Orol kiradi, yiri- klari: Solovki, Anzer, katta va kichik Muksalma; kichiklari: katta va kichik Zayaskiy orollari. Eng baland joyi 107 m (Golgofa tog’i). Granit, gneyslardan tashkil topgan. Relefi pastbaland te- paliklar. Ko’p qismi aralash o’rmonlar bilan qoplangan, bir qismi botkrklash- gan. Orollarda ko’l ko’p. 15-a. boshida S.o.da monastir barpo qilingan. Mona- STIR 16-20-a. boshlarida surgun joyi bo’lgan. 1923-39 y.larda, asosan, siyosiy mahbuslar uchun qattiq rejimli lager va turma joylashgan. 1991 y. monastir Rus pravoslav cherkoviga qaytarilgan. 16-a.da qurilgan monastir ovqatxonasi (Trapeznaya), Preobrajenie sobori, qal’a devorlari saqlangan. 1974 y.dan so. dav- lat tarixiy me’moriy va tabiat muzey qo’riqxonasiga aylantirilgan.