ZIDAN

ZIDAN (Zidan) Zinedin (1972.23.6, Marsel) — frantsiyalik futbolchi (ota-onasi jazoirlik muhojirlar). Jagonning eng yaxshi futbolchisi (1998). Jahon (1998) va Yevropa (2000) chempioni. Yevropa Chempionlar ligasi kubogi (1996, 2002), Superkubogi (1996) va qit’alararo kubok (1996) sohibi. Zidan Frantsiyaning «Kann» (1986— 92), «Bordo» (1992-96), Italiyaning «Yuventus» (1996-2001) va Ispaniyaning «Real» (2001 yildan) klublari tarkibida o’ynadi. Italiya chempioni (1996, 1997).