Seysmotektonika
Seysmotektonika (Seys- mo… va tektonika) — zilzilaning Vu- judga kelish geologik sharoitlarini o’rganuvchi mustaqil fan sohasi. S. 20-a. da vujudga kelgan, asosiy vazifasi seysmik xavfni kamaytirish maqsadida zilzilalar genezisini o’rganib, qaerda, qanday kuch b-n sodir bo’lishini basho- rat qilishga qaratilgan. Illy sababdan S. Er ostida bo’layotgan geodinamik jara- yonlar oqibatida zilzila o’choklarining shakllanish xususiyatlarini o’rganadi. Bu xususiyatlar ko’proq tebranishlar bo’ladigan joyning geologik tuzili- shiga, qatlamlarning deformasiyasiga, tektonik struktura va uzilmalarning rivojlanish shart-sharoitlariga bog’liq. S.ning asosiy tadqiqot xududlari- ga Alp davri va hoz. zamon tektonik harakatlarning faollinishi natijasi- da rivojlanayotgan O’rta dengiz tizma tog’lari, tinch okean burmalanish ob- lastlari, qit’alarda joylashgan epi- platforma, epigeosinklinal orogen – lari, Rift zonalari kiradi. O’rta Osiyo hududida olib borilgan izlanishlar na- tijasida kontinental er po’stidagi tek- tonik zilzilalar energiyasi seismogen geologik strukturalarning tiplari b-n bog’liqligi qonuniyati kashf etildi. Bu kashfiyot «Gubinning seysmotektonika qonuni» deb ataladi. Eng kuchli zilzi- lalar er sharining ana shu hududlarida namoyon bo’ladi. Zilzilalar genezisini o’rganishda olingan ma’lumotlar asosi- da seysmik hududlashtirish xaritalari tuziladi (q. Seysmik xarshpalar). Ad:. Ibragimov R. N ., Seysmotekto- Nika Ferganskoy vpadini, T., 1970.