Sa’di Maxsum

Sa’di Maxsum (1825 Marg’ilon — 1899) — o’zbek an’anaviy teatrining atoqli namoyandasi, mashhur qiziqchi. Zo- kir eshon rahbarligida Qo’qonda tashkil topgan qiziqchilar to’dasida ishlagan. «Mozor», «Zarkokil», «Qalandarlar», «Attorlik», «elpib o’tirish», «sinch- vozlik», «Uloqchilik» nomli Komedi – yalarning yaratilishida S.m.ning o’rni katta. U gavdalantirgan obrazlar ora- sida Attor («attorlik»), Domla («bola o’qitish»), chavandoz («Uloqchilik») alohida ajralib turgan. Sm. obraz yara- tishda faqat so’zdan emas, balki qo’l va tana harakatlari, mimikadan juda usta- lik b-n foydalangan. Ayniqsa, dehqon va hunarmandlarning qiyofalarini gavda- lantirishda katta yutuklarga erishdi.