Sekund, sekunda

Sekund, sekunda (lot. secunda divisio — ikkinchi bo’lish) — 1) vaqt o’lchov birligi. s, sek b-n belgilanadi. S. o’rtacha Quyosh sutkasining 1/86400 qismiga teng: 1 sek = 1/60 min = soat. 20-a. 30 y.larida kvars soati yordamida erning o’z o’qi atrofida notekis harakatlanishi isbotlandi. Shu asosda, xalqaro astro- nomiya Kengashining tavsiyasiga ko’ra, 1960 y. oktyabr oyida Parijda bo’lib o’tgan 11 xalqaro o’lchov va og’irlik bosh konferentsiyasi vaqtning asosiy o’lchov birligi — efemerid S.ning yangi ta’- rifini qabul qildi. Unga ko’ra, S o’lchovi qilib 1900tropik yil (q. Yil) ning 0yanvar, efemerid vaqt b-n soat 12 dagi 1/31556925,9747 qismi qabul qilindi. Molekulyar va atom soatlari paydo bo’lishi b-n 1967 y. 13xalqaro o’lchov va og’irlik bosh konferentsiyasi- da atom S.ining davomliligi qilib, tashqi maydonning to’lqinlanishi nol bo’lganda yagona barqaror izotop tseziy l33Cs atomlarining ma’lum energetic satxlar orasida o’tishiga mos nurlani- shining 9192631770,0 davri olindi (ver- guldan keyingi nol bu sonning kelgusi- da o’zgarmasligini biddiradi); 2) yassi burchak o’lchov birligi (q. Gradus). 60~2 gradusga yoki 60~’ minutga teng, 1 S. («) b-n belgilanadi.