Sedana

Sedana (Nigella L.) — ayiqtovondoshlar oilasiga mansub bir yillik o’tsimon o’simliklar turkumi; ziravor ekin. Asosan, yovvoyi S. (N. integrifolia Rgl.), madaniy ekma S. (N. sativa) turi Kavkaz va O’rta Osiyoning adir va tog’larida uchraydi. Ziravor o’simlik sifatida ekiladi. Bo’yi 20— 75 sm, poya tubidagi barglari butun, yuqoridagilari panjasimon bo’lingan. Bargi (mevasi) tuklar b-n krplangan. Apr.—may oyla- rida gullab urug’laydi. Yaxshi asal bera- Di. Uning qoramtir xushbo’y urug’larida efir moyi bor. Non pishirishda, karam va bodring tuzlashda, veterinariya va tabobatda ishlatiladi. Urug’i ochiq may- donlarga erta bahorda sepiladi. Damashq S.si (N. damasceana L.) turi manzarali o’simlik sifatida ekiladi. Urug’i tar- kibida damassenin alkaloidi va efir moyi bor.