Sergeli, Sirg’ali
Sergeli, Sirg’ali — o’zbek va qozoq xalqi tarkibiga kirgan qabilalar uyushmasi. Katta juz tarkibiga kirgan. S.larningbir kismi Zarafshon vohasi qipchoklari va Jizzax viloyati yuzla- rining tarkibiga mayda urug’sifatida qo’shilganlar. Toshkent uezdining etti- kent, Oqjar, Zangiota, Qo’shqo’rg’on, ni- yozbek volostlari va Toshkent vohasida S.lar 1074 xonadon (8125 kishi)ni tash- kil etgan (1920 y.da o’tkazilgan aholi ro’yxatiga ko’ra). 19-a. va 20-a. bosh- larida Qoziqurt, Qarjon, Chimyon to- glarining etaklarida, bodom, Keles, Chirchiq, Oqsoqota daryolari vohalarida yashagan. S.lar tarkibida 12 qabila (Boyjigit, shaldar, Botir, jaydaq, Qaychili, qorakungirdak, oqkungirdak, Qorabotir, tutamg’ali, Eliboy, Janaboy, aytbo’zim) mavjud bo’lgan. Bu qabilalar, o’z navbatida, bir qancha mayda urug’larga bo’lingan. S.larning o’z tamg’asi va uro- ni (suroni) mavjud bo’lgan. Ular etno- geneziga ko’ra, do’glat, uysun qabilalari b-n qardosh hisoblanadi. S.lar, asosan, yarim ko’chmanchi chorvachilik, qisman dehqonchilik, hunarmandchilik (ala- cha, shol to’qish, kigiz bosish) b-n shug’ullangan. S.larning avlodlari Toshkent viloyatining Yangiyo’l, yuqori Chirchiq tumanlarida va Chimkent vilo- yatida yashab kelmoqda. Ayrim tumanlar toponimida S.lar tarkibidagi urug’nom- lari saqlanib qolgan. Toshkent sh.dagi tumanlardan biri S. deb ataladi. Ad.: Shoniyozov K. Sh., O’zbek xalqining shakllanish jarayoni, T., 2001.