SERJIPI
SERJIPI — Braziliyaning shim. Sharqiy qismidagi shtat. Mayd. 22 ming km2. Aholisi 1,7 mln. kishi (2000). Ma’- muriy markazi — Arakaju sh. Braziliya yassitog’ligining Sharqiy yon bag’irlarida joylashgan, Sharqiy qismi Atlantika bo’yi pasttekisligidan iborat. Iqlimi tropik, passatli, quruq iqlim. O’rtacha t-rasi yanv.da 27°, iyulda 24°. Yillik yog’in 600-1000 mm. Yirik daryosi — SanFransisku. G’arbida savanna va siyrak o’rmonlar bor. Xo’jaligining etakchi tarmog’i — q.x. Sohil bo’yida shakarqamish, apelsin, tamaki, maniok, makkajo’xori, dukkakli ekinlar, sholi, qurg’oqchil Braziliya yassitog’ligida pax- ta ekiladi. Qoramol boqiladi. Kokos yong’og’i yig’iladi. Ip gazlama, paxta to- zalash, oziq-ovqat, ko’npoyabzal sanoati korxonalari bor. Asosiy porti — ara- Kaju.