SERKALISOY
SERKALISOY (Teraklisoy) — Toshkent viloyati Bo’stonliq tumanidagi soy. Oqbuloq daryosining o’ng irmog’i. Unga chap qirg’oqsan (boshlanishidan 7,4 km da) quyiladi. Uz. 35 km, havzasining mayd. 449 km2. Chatqol tizmasining shim. g’arbiy yon bag’ridan boshlanadi. Boshla- nishidan Zimnonsoy, quyilish joyigacha Teraklisoy deb ataladi. Asosan, qordan, qisman yomg’irdan to’yinadi. O’rtacha ko’p yillik suv sarfi quyilishida 8,05 m3/sek., oqim moduli 17,9 l/sek, km2. O’rtacha ko’p yillik suv sarfi 12 m3/sek.dan (sersuv yilda) 6,66 m3/sek. gacha (kam suvli yilda) o’zgaradi. Suvining sutkalik eng ko’p sarfi mayda, ba’zida apr.da kuzatiladi. Mart oyidan iyul oxirigacha sersuv bo’ladi, ba’zan toshadi. Toshqin davrida sutkalik eng ko’p suv sarfi 10-20 marta ko’p bo’lishi mumkin. Qish sovuq kelganda suvning qirg’oqqa yaqin joylari muzlaydi va suv yuzida mayda muz parchalarining oqishi kuzatiladi.