Serenada
Serenada (ital. sera — oqshom so’zidan) — I) Evropada eshik yoki de- Raza ortida turib ma’shuqaga bo’lgan hislarni ifodalovchi ishqiy qo’shiq. Italiyada paydo bo’lib (16-a.), Jan. ro- man xalqlari orasida keng tarkalgan. Keyinroq kamer vokal musiqa janriga aylangan va operada ham qo’llanilgan (M. Glinkaning «Bolero» romanei, V. Mosartning «don Juan» operasidagi S. va b.); 2) S. qo’shiqlarining o’ziga xos tomonlarini ifodalovchi cholg’u pesa; 3) 17-18-a.larda cholgu ansambllari uchun yaratilgan turkum asarlar; 4) 17-18-a. larda tantanavor yig’inlar uchun yozilgan asar (ko’pincha yakkaxonlar uchun cantata ko’rinishida bo’lgan).