Sima Syan, Simo Chyan
Sima Syan, Simo Chyan (bolalik davridagi ismi — Zichjang, Shyayang) (mil. AV. 145, hoz. XXR ning Shensi o’lkasi, Xanchen sh. — mil. AV. taxm. 86) — qad. xitoylik tarixchi; Xitoyning 1umumlashgan tarixi — «Shi szi» («ta- rixiy xotiralar») muallifi. Xon sa- royining bosh voqeanavisi — Sima tan- ning o’g’li. Yoshligidan mamlakat bo’ylab safar qilib tarix, urfodatlar va xalq hayotiga oid ma’lumotlar, rivoyatlar va hikoyalar yig’ish b-n shug’ullangan. Mil. AV. 108 y.daxan imperiyasi saroyi- da kotiblar Mahkamasi boshlig’i (tay- Shilin) lavozimida ishlagan. Mil. AV. 100-97 y.lar oralig’ida hunlar asiri bo’lgan Li Lin ismli amaldorni jazo- dan qutqarish masalasida o’rtaga tushgan- ligi tufayli qamalgan. Mil. AV. 96 y.da qamoqdan ozod etilgan. Shundan so’ng u xoqon uchun tayyorlanadigan qujjatlarni yozish b-n shug’ullanuvchi saroy kotibiyati Mahkamasi boshlig’i (chjungshulin) la- vozimiga tayinlangan. Saroyda ishlab yurgan chog’ida otasi b-n tarixiy asar- lar yozish b-n shug’ullangan. Mil. AV. 1-a. ning 90y.larida — «Shi szi» asarini yozib tugatgan. Asar 130 bobdan iborat bo’lib, Xitoyning qadimdan mil. AV. 2-a. ning oxirigacha bo’lgan tarixini o’z ichiga oladi. S.Ts. Xitoyda 1bo’lib voqealarni xronologik bayon etish («annallar»), jamiyat hayotining turli tomonlarini tematik yoritish («traktatlar») va bio- grafik janrlarni uyg’un holda kompleks o’rganish tamoyilini qo’llagan.