Segre (Segre) Emilio Jino
Segre (Segre) Emilio Jino (1905.1.2, tivoli — 1989) — italyan tadqiqotchifizigi. AQSh va Italiya Milliy akademiyalari a’zosi. Rim un- tini tugatgan (1928), 1935 y.dan shu un-tda, 1938 y.dan Kaliforniya un-tida (1946 y.dan prof.) ishlagan. 1943-46 y.larda AQSh dagi Losalamos Milliy lab.sida. Ilmiy ishlari atom spektro- skopiyasi, yadro fizikasi va yadro kimyo- siga oid. 1934-36 y.larda E. Fermi guruhida protonlarning sekinlashishi hodisasini o’rgangan. Xodimlari b-n birga texnesiy (1937), astat (1940) va plutoniy239 (1940-41)ni ochgan. O. Chemberlen va b. b-n hamkorlikda anti- protonni kashf etgan (1955). Nobel mu- kofoti laureati (1959; o. Chemberlen b-n hamkorlikda).