Sidiqbekov Tugalboy
Sidiqbekov Tugalboy [1912.1(14).5, Kensu tumani -1998, Bishkek] — Qirg’iziston xalq yozuvchisi (1968). Qirg’iziston Faakad. (1954). Ilk she’rlar to’plami — «kurash» (1933). «Bahodirlar» (1936), «Insonga» (1969), «Dovonda» (1980) she’riy kitoblari, «Kebekning o’limi» (1935), «xasis ota» (1940) dostonlari bor. Romanlarida qishloq hayoti («Kensu», 1—2kitob, 1937-38; qayta nashri — «tog’lar ora- sida», 1958), qirg’iz xalqining front ortidagi qahramonona mehnati («zamo- namiz kishilari», 1948) hikoya qilingan. «Ayollar» trilogiyasida (1-2, 1962-66) qirg’iz ayollarining jamiyatda tutgan o’rni va roli, ularning jo’shqin faoli- yati aks etgan. «Bo’ronda», «Do’stlik», «Dugonalar» hikoyalar to’plami (1949) va «tog’bolalari» (1953), «tengdoshlar» (1977) romanlari muallifi. Asarlari o’zbek tiliga tarjima qilingan. As: Zamonamiz kishilari, T., 1951; Tog’bolalari, T., 1954; tog’lar orasida, T., 1961; Ispoved Bukentay [roman], M., 1980.