Skopas
Skopas (Skopas) (mil. AV. 4-a.) — yunon haykaltaroshi va me’mori. Paros o.da tug’ilgan. Gresiya va kichik Osi- yoning Tegeya (hoz. Piali), Galikarnas (hoz. Bodrum, Turkiya) va b. shaharlarida ishlagan. S. Tegeyadagi Afina Aleya ibo- datxonasi (mil. AV. 350-340) va Gali- karnasdagi mavzoley (maqbara, mil. AV. 4-a. o’rtalari)ni barpo etishda me’mor sifatida qatnashtan. S. klassika an’- analarini davom ettirib, monumen- tal, qahramonlik ruhi b-n sug’orilgan haykaltaroshlik asarlari yaratdi, ular- da serg’ayrat, kuchquvvatga to’la, ichki hishayajonini yashira olmaydigan, ku – rash ruhi b-n to’libtoshgan kishilarning ko’rinishi, ma’naviy ichki dunyosi ochib beriladi. Galikarnasda haykaltaroshlar Briaksis, Leoxar, Timofeylar b-n hamkorlikda yaratgan releflaridan parchalar Britaniya muzeyida sakdanadi. S.ning ko’p asarlari jahon muzeylari- da saqlanayotgan Rim nusxalaridan ma’- lum: «Meliagr», «menada», «Potos», «Navqiron Gerakl» va b. S.ning drama- tizm b-n to’la ijodi ellin davri mada- niyati haykaltaroshl i giga kuchli ta’sir ko’rsatgan.