Skalpel

Skalpel (lot. scalpellum — pichoqcha) — jarrohlik amaliyotida to’qima va a’zolarni kesishda ishlatila- digan kichikroq maxsus metall pichoqcha. Uz. 12-15 sm, kesadigan qismi kalta va dastasi uzunroqbo’ladi. S. kesuvchi yuza- ning tuzilishiga qarab yassi qorinchali S, ko’z skalpeli, o’tkir uchli S, to’g’ri S, stomatologik S. farq qilinadi. Hoz. lazer va ultratovush S.lari hamda «elektrskalpellar» mavjud. S. o’tkir, ushlashga qulay, oson tozalanadigan va sterillanadigan bo’lishi kerak.