Sipxandon Kxamtay

Sipxandon Kxamtay (1924.8.2, Champasak viloyatining Xuakxongnia qishlog’i) — Laos davlat arbobi. 1947 y.dan inqilobiy harakatda. Laos Xalq inqilobiy partiyasining a’zosi (1956). Jan. rayonlar shtabi zobiti (1947— 48), Jan. rayonlarda Laos ozodligi hukumati a’zosi, Laos Jan.da inqilobiy ozod r-nlar tuzish uchun mas’ul (1948— 50), Laos ozodligi fronti MK a’zo- si (1950-52), Markaziy r-n qo’mitasi raisi (1952-54). Patet Lao (Milliy front) armiyasi shtabi a’zosi (1955— 56), partiya MK bo’limi mudiri (1957— 59), 1959 y.dan Patet Lao fronti radio- eshittirish, par’viya MK harbiy sektori uchun mas’ul, 1975 y.dan Laos bosh vaziri o’rinbosari va Laos xalq armiyasi bosh qo’mondoni, 1991 y.dan Laos bosh vaziri, 1992 y.dan Laos Xalq inqilobiy par- tiyasi Mkraisi. 1972 y.dan Laos Xalq inqilobiy partiyasi siyosiy byurosi a’- zosi, 1982-90 y.larda MK kotibi, 1998 y. Fev.dan Laos Xalq demokratik Respu- blikasi prezidenti.