Kont (Comte) Ogyust

Kont (Comte) Ogyust (1798.19.1, Monpele — 1857.5.9, Parij) — Fran- suz faylasufi, pozitivizmning asosiy vakili. Sen-Simonta kotiblik qilgan (1817-22). Tarix va sosiologiyaga oid qarashlari Sen-Simonning kuchli ta’- sirida bo’lgan. K. har qanday metafizi- kani rad etgan. Pozitivizmga empirizm b-n mistisizm orasidagi o’rta yo’l sifa- tida qaragan. K. fikricha, fan mohiyatni emas, faqat hodisani biladi. Jamiyat taraqqiyotini belgilovchi insoniyat aql- zakovati evolyusiyasining 3 bosqichi (ilohiy, metafizik, pozitiv yoki ilmiy) nazariyasini ilgari surdi. Fanlar tas- nifini ishlab chiqdi. K. «sosiologiya» tushunchasini ilk bor fanga kiritdi, u tufayli sosiologiya muayyan ilmiy ti- zimdan joy oldi. K. ga ko’ra, kishilik jamiyatini tashqil etish sosiologiya- ning amaliy maqsadi hisoblanadi. Aso- siy asarlari: «pozitiv falsafa kursi» (1-6-jildlar, 1830-42), «pozitiv si- yosat tizimi» (1-4 jiddlar, 1851-54).