Konstantinov Boris Pavlovich

Konstantinov Boris Pavlovich [1910.23.6(6.7), Peterburg – 1969.9.7, Leningrad] — rus fizigi, akad. (1960). Asosiy ilmiy ishlari akustika, fizik- kimyo, yadro fizikasi, plazmalar fizika- si, astrofizika, golografiya va b.ga oid. Birinchi bo’lib tovush mutlaq silliq va qattiq sirtdan qaytganda uning yutili- shini aniqlagan, berk binolarda tovush reverberasiyasining to’lqin nazariyasi- ni yaratgan; u eritmalarda ionlarning harakatchanligini tekshirib, kimyoviy elementlarning miqdorini va uni sifat jihatdan tahlil qilish usulini ishlab chiqqan; turg’un izotoplarning fizik- kimyoviy xossalarini tadqiq qilgan; plazmaning korpuskulyar diagnostika- sini tavsiya etgan, plazmaning optik va mikroto’lqin diagnostikasi usulini rivojlantirgan. K. rahbarligida foto- grafiya, televizion va fototelevizion golografik sistemalarning parametrla- ri aniqlandi.