Kosmik fizika
Kosmik fizika — astrofi- zika va fizika usullarini yaqin kosmik fazodagi turli ob’ektlarga qo’llash hamda kosmik rasadxonalar uchirib er atro-fidagi kosmik fazo, shuningdek, Kuyosh sistemasidagi fizik hodisalarni o’rganuvchi fan. U ba’zan kosmik fazo fizikasi deb ham ataladi. K. f. dast- lab astrofizika b-n birga rivojlanib, o’z ichiga butun Koinot fizikasini ola boshlagan. Keyinchalik esa astrofizika va kosmologiya faol rivojlana boshla- gan. Endi K. f., asosan, Quyosh sistemasi va unga yaqin fazo fizikasi muammola- rini o’rganish b-n shug’ullana boshladi. Xususan, er yaqinidagi kosmik fazo Fi- zikasi juda murakkab bo’lib, uning va er magnitosferasining xususiyatlari yaxshi o’rganilmagan. Er atmosferasining yuqori qismi Quyoshdan kelayotgan ul- trabinafsha nurlar ta’sirida ionlash- gan plazma holatida kuzatiladi. Erning radiasion mintaqalari, magnitosfera deb ataluvchi erning to’rtinchi plazma qobig’i, Quyosh shamolining kashf etili- shi, er magnit maydoni va sayyoralararo fazo magnit maydonining tuzilishini o’rganish K. f. ning ulkan yutug’i bo’ldi. Olingan eksperimental ma’lumotlar Quyosh — er yuzasidagi aloqalarning mu- ammolarini, ya’ni Quyosh va er atrofi- dagi kosmik fazoning erdagi turli Geo- fizik va biologik jarayonlarga ta’siri b-n bog’liq ko’pgina masalalarni bayon etish imkonini berdi. Sayyoralararo fazo, sayyoralar, kometalar, asteroidlar, Quyosh sistemasini o’rab turuvchi oor- tning kometalar buluti K.f. fani ob’- ektlaridir.