Kosmik tibbiyot
Kosmik tibbiyot – tibbiyotnit bir sohasi; kosmik parvozning odam salomatligi va ish qobiliyatiga bo’lgan ta’sirini o’rganadi; kosmik apparat- larni boshqarish va ularda normal hayot faoliyatini ta’min etish sistemasiga bo’lgan tibbiy talablarni, kosmonavt- larni kasbga tanlash va ularni tayyorlash usullarini, kosmik parvoz b-n bog’liq kasalliklarning oldini olish va da- volash choralarini ishlab chiqadi. 20-a. ning 50-y. lariga kelib shakllandi. Bio- logik raketa va sun’iy yo’ldoshlarda odamning kosmik fazoni o’rganishiga im- kon beradigan fiziologik tadqiqotlar (q. Kosmik biologiya) o’tka-zilishi K. t. ning paydo bo’lishi va rivojlanishiga zamin bo’ldi. K. t. kompleks fan bo’lib, kosmik fazoda odamning hayot faoliyati uchun zarur sharoit yaratishga qaratilgan va bir-biri b-n chambarchas bog’langan tibbiy-biologik, biofizik, fizik-ki- myoviy, telemetrik, matematik, biologik- texnik, muhandislik-konstruktorlik va b. ko’pgina ilmiy yo’nalishlar majmuini o’z ichiga oladi. K.t. aviasion tibbiyot to’plagan materiallardan foydalanish b-n birga odam kosmosga uchganda uning organizmi aviasiya amaliyotida uchra- maydigan ta’sirlarga duch kelishini hisobga olib o’ziga xos usullarni ishlab chiqadi. Kosmosga uchish uchun dinamik vaznsizlik va gipodinamiya, ya’ni mu- skul sistemasiga yuk (nagruzka)ning kam tushishi xosdir. Uchish vaqtida vaznsiz- lik holatiga moslashish va gipodinamik omil ta’sirini kamaytirish maqsadida kosmik kemalar bortida tegishli mos- lamalar quriladi. Kosmik kema borti- da er atmosferasi sharoitlariga yaqin sun’iy atmosfera vujudga keltirish, ochiq kosmosga chiqish uchun maxsus ska- fandrlar yaratish ham K.t. vazifalaridan hisoblanadi.