Kofirqal’a
Kofirqal’a — qad. shahar xaro- basi (mil. 3-4 — 8-a.). O’rta asrlarda Vaxsh viloyatining bosh shahri Halovard K. o’rnida bo’lgan. K. Kolhozobod sh. (To- jikiston)ning g’arbiy chekkasida joy- lashgan. Mayd. 12 ga. Ark, Shahriston va raboddan iborat. Shaxristonning g’arbiy darvozasidan Sharqiy darvozasi tomonga asosiy va Markaziy ko’cha o’tgan bo’lib, u shaharni teng 2 qismga ajrat- gan. Shaharning markazida katta maydon bo’lgan.Shaharning asosiy ko’chasi bo’ylab hunarmandlarning turar joylari joy- lashgan. Shahriston arkka o’xshab paxsa- dan ishlangan 2 qator mudofaa devori b-n o’rab olingan. Shahristonning g’arbiy darvozasi yaqinida, ichki tomonda ombor- xona joylashgan, unda shaharga kelgan dehqon va savdogarlardan soliq o’rnida olingan oziq-ovqatlar saqlangan. Ark shaxristonning shim-Sharqiy qismida joylashgan bo’lib, undan keng xandaq b-n ajratilgan. Bu erdan qad. saroy o’rnida mil. 7-a.da qurilgan hukmdor saroyi qoldiqlari topilgan. Har ikki saroy, ya’ni qad. va so’nggisining devorlari manzarali suratlar va haykalchalar b-n bezatilgan. Qad. saroy 5-a. da so’nggi Kushon davri inshooti o’rnida bunyod etilgan. So’nggi saroy qadimgiga nisba- tan kengroq hududni egallagan va undan o’zining qurilish tarhi b-n ajralib tur- gan. Arxeologik ma’lumotlarga ko’ra, K. o’rnidagi shahar Kushon podsholigi dav- rida vujudga kelgan va ilk o’rta asrlarda ham rivojlanishda davom etgan. K.dagi hayot 8-a. o’rtasida (750 y.), arablar isti- losi natijasida tugagan. Ad:. Kamaliddi Nov Sh.S., Istoriche- skaya geografiya Yujnogo Sogda i Toxari- Stana po araboyazichnim istochnikam IX — nachala XIII vv., T., 1996.