ZIRVAK
ZIRVAK — palovning guruch solishdan oldin qovurib, suv solib qaynatib qo’yilgan masallig’i. Zirvak palov tayyorlashdagi eng muhim jarayonlardan biri. Dog’langan yog’da avval piyoz, so’ng go’sht, sabzi qovuriladi. Qovurish me’yoriga yetgach, yuzi bilan barobar suv quyib, olov pastlatiladi va hilhil pishguncha mildiratib qaynatiladi. Tuz va ziravorlar ham Zirvakga solinadi.