Karnay

Karnay – puflama musiqa asbo- bi. Bo’yi uzun (2-2,5 m), naysimon, ogzi konus shaklida, jezdan yasaladi. Bir-biridan ajraladigan (olib yurish- ga qulaylik uchun) uch bo’lakdan iborat. Barmoq teshiklari yo’q, ovozi kuchli va yo’g’on, diapazoni bir oktava oralig’ida. Surnay, nog’ora, doiralarga hamohang bo’ladi. K.ning to’g’ri va tirsakli (to’g’ri burchak ostida ikki marta bukilgan) turlari qadimdan O’rta va yaqin Sharq mamlakatlarida, shu jumladan, Urta Osiyoda tarqalgan. O’tmishda harbiy musiqa cholg’usi sifatida harbiy yurish xabarchisi, jang maydonida g’alaba jar- chisi bo’lgan. Hozirda bayram, to’y va b. tantanalarda chalinadi. Oxirgi paytda K. zamonaviy milliy estrada ansambl (mas, «Abbos» guruhi)lar tarkibiga ham kiritilmoqda.