Karimov G’ulom Karimovich

Karimov G’ulom Karimovich (1909.15.4 — Toshkent — 1991.2.1) — adabiyotshunos olim. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1969). Fi-lol. fanlari D-ri (1962), prof. (1963). Leningraddagi Tarix, falsafa va lingvistika in-tini tugatgan (1935). O’zbekiston Fanlar qo’mitasi (1943 y.dan O’zbekiston FA) qoshidagi til va ada- biyot in-tida ilmiy xodim (1938-48), O’zbekiston ped. fanlari i.t. inti direk- tori (1948-51), O’rta Osiyo un-ti (tosh- Du) o’qituvchisi (1951-53), kafedra mudiri (1954-84), prof. maslahatchisi (1984-91). Ilmiy faoliyati o’zbek mum- toz adabiyotini o’rganishga bag’ishlangan. K. «Layli va Majnun»ning ilmiy- tanqidiy matnini tayyorlagan (1945). Na- voiy, Muqimiy, Furqat, Almaiy, Nodim Namangoniy va b.ning ijodiga oid ma’- lumotlarni, hayoti va ijodiy merosini to’plagan, tadqiq etgan. Oliy o’quv yurt- lari («O’zbek adabiyoti tarixi», 1966) va o’rta maktablar uchun («O’zbek adabiyoti tarixi», 1974, 1985; N. Mallaev, S. I. Ismatov b-n hamkorlikda) darslik, me- todik qo’llanmalar tuzgan. As: Muqimiy, T., 1970; Xalq, tarix, adabiyot, T., 1977. Ad.: Qosimov B., Dolimov U., Fy- lom Karimov hayoti va ijodiy faoliyati bo’yicha filolog studentlar uchun biobib- li-ografik ko’rsatma, T., 1989; Barkamol- lik, T., 1999.