Karochi, Karachi
Karochi, Karachi (balujlarning kulachi qabilasi nomidan) — Pokiston- dagi shahar. Mamlakatningjan. qismida, Hind daryosi deltasida, daryoning ara- biston dengiziga quyilish joyidan 100 km yuqorida. Sind viloyatining ma’- muriy markazi. Aholisi 9,3 mln. Kishi (1998). K. 18-a. boshida baliq ovlovchilar qishlog’i o’rnida vujudga kelgan. 1843 y.da inglizlar bosib oldi va 19-a.ning 2-yarmida Buyuk Britaniyaning harbiy- dengiz bazasiga aylandi. 1947-59 y.larda Pokiston poytaxti. K. — mamlakatning eng katta shahri, iqtisodiy va savdo markazi. Transport yo’llarining xalqaro tuguni, dengiz porti (yillik yuk ortib-tushirish 15 mln. t.). Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Mamlakat tashqi savdosining aksari qismi (taxm. 70%) K. orqali o’tadi. K. va uning atrofida erkin savdoning mamla- katda birinchi eksport ishlab chiqarish zonasi tashkil etilgan. K. va uning atro- fidagi sanoat korxonalari Pokistonda ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotining 1/2, jumladan, to’qimachilik (asosan, ip gazlama) sanoati mahsulotining 1/3 qismiga yaqinini beradi. Oziq-ovqat (ta- maki, baliqni qayta ishlash va b.), ko’n poyabzal, tsellyuloza-qog’oz, tsement, oyna, kimyo va farmasevtika, metallsozlik va mashinasozlik (avtomobilsozlik, kema- sozlik, ehtiyot qismlardan motosikl va motorollerlar yig’ish va b.), rezina-tex- Nika, neftni qayta ishlash korxonalari bor. K. yaqinida mamlakatdagi birinchi AES joylashgan. K.da banklar, sug’urta va savdo kom- paniyalarining boshqarmalari, bir necha oliy o’quv yurti, jumladan, un-t (1951), politexnika in-ti, ilmiy tadqiqot in- tlari, kollejlar, Milliy muzey, Po- kiston davlati asoschisi M.A.Jinna maqbarasi, zamonaviy me’moriy bino- lardan Oliy sud binosi (20-a. boshi), «Interkontinental» mehmonxonasi, Davlat banki binosi va b. bor.