Kartaxena

Kartaxena — Ispaniyaning Jan.- Sharqiy qismidagi shahar. Mursiya mux- tor viloyatida. Aholisi 175,6 ming kishi (1998). O’rta dengiz bo’yidagi yirik port (yillik yuk ortib-tushirish 10 mln. T dan ortiq) va sanoat markazi. Transport yo’llari tuguni. K. va uning atrofida kemasozlik (jumladan, harbiy kemalar i. ch.), qo’rg’oshin va rux eritish, neftni qayta ishlash, kimyo, oziq-ovqat (asosan, meva konserva) sanoati korxonalari bor. Shaharga mil. AV. 228 y.da yangi Karfa- gen nomi b-n asos solingan. Mil. AV. 209 y.dan mil. 5-a.gacha Rim, 534 y.dan Vizan- tiya, 7-a.dan vestgotlar va 711 y.dan ara- blar hukmronligi ostida bo’lgan. 1234 y.da K. Kastiliyaga qo’shilgan. 16-a.dan yirik harbiy dengiz portiga aylangan. 12-18-a.larga oid me’moriy yodgorli- klar saqlangan.