Katapultalanadigan o’rindiq

Katapultalanadigan o’rindiq — kosmonavtni kosmik kema kabinasidan xavfsiz masofaga irg’itishni va so’ngra parashyut yordamida erga qo’ndirishni ta’minlovchi qurilma. Kosmonavtni erga qo’ndiruvchi vosita si- fatida foydalaniladi («Vostok» kosmik kemasida kosmonavt er sirtidan 7 km ba- landlikda katapultalangan). Shuning- dek, K. o’. uchishning boshlang’ich qismida (kema 4 km balandlikka ko’tarilgunga qadar), avariya holatida kosmik kema- ni tark etishga ham mo’ljallangan. K. o’. pirotexnik irg’ituvchi mexanizm (ba’zan poroxli raketa tezlatkichi b-n), para- SHYUT tizimi, avariya holati uchun zaruriy zahira, kislorod zaxirasi, skafandrni shamollatish qurilmasi, qabul qiluvchi- uzatuvchi radioapparatura, kosmonavt erga qo’nganda iste’mol qiladigan oziq- ovqatlar va dastlab kerak bo’ladigan nar- Salar, kosmonavt tanasini o’rindiqqa bog’lab turuvchi mexanizmlardan tashkil topgan. Zamonaviy samolyotlarda uchuv- chi kabinasi ham katapultlanadigan qurilma b-n jihozlanadi (q. Katapul- ta).