KATAFRAKTLAR

KATAFRAKTLAR (Yun. Kataphraktoi -sovutga o’ralgan) — 1) qad. Xalqlarda maxsus otliq qo’shin turi; dastlab fors- lar, so’ngra ular orqali makedon va suryo- niylar qo’shinida paydo bo’lgan. K. mil. AV. 1-ming yillikning 2-yarmida sarmat- lar va O’rta Osiyoning Jan.dagi Parfiya davlatida ham mavjud bo’lgan. Parfiyali- klar K.dan iborat Zarbdor otliq qushini tufayli Rim sarkardasi Krase ustidan mil. AV. 53 y. 9 mayda Karri jangiyaa galaba qozonishgan. Rim imperatorlari Adrian va, ayniqsa, Septimiy Sever davrida Rim armiyasida ham joriy etil- gan. K. otliq qo’shinidagi jangchilar – ning tanasini tangachasimon qoplamali sovut, boshlarini sipar dubulg’a himoya qilgan. Otlar xam temir yoxud misdan yasalgan tangachasimon qoplamali sovut b-n himoyalangan. K.ning asosiy qurol- yarog’i nayza bo’lgan. Rim armiyasida xizmat qilayotgan xorijiy suvoriylar, ko’pincha, klibanariylar (lot. clibanus— sovut) deb atalgan. Konstantsiy II davri- da (337-360) kaytadan tashkil etilgan; 2) Yunonistonda mil. AV. 3-a. boshlarida paydo bo’lgan yalang sahn — palubali, eshkakchilarni himoyalovchi taxta chetani bor harbiy kema.