Kasbi namozgohi
Kasbi namozgohi – Qashqadaryo viloyati (qad. Kasbi qishlog’i)dagi me’moriy yodgorlik (16-17-a.lar). Aholi sayil va diniy bayram vaqtida yig’iladigan maydondagi Namozgoh. mas- jid. Baland peshtoqli Namozgoh (31×9,5 m) tarhi to’g’ri to’rtburchakli, bosh tar- zi sharqqa (maydonga) qaragan. O’zaro ravoq orqali bir-biri b-n bog’langan xonalar (4,4×4,4 m) asosi bir xil bo’lib, 5 gumbazli, o’rtada Markaziy xonaqoh (5,8×5,8 m). Undagi mehrob 5 qirrali, chuqur ravoqli qilib ishlangan, mehrob tashqariga bo’rtib chiqqan. Markaziy xona ravoqlarga, atrofdagi xonalar esa qalqonsimon qanoslarga tayangan. Qashqadaryo mahalliy xalq me’morligi an’analarini o’zida mujassamlantirgan K. n. hajmdor shakli, tuzilishi, o’ziga xos bezaklari b-n ajralib turadi.