Kartoshkagul, georgina

Kartoshkagul, georgina(Dahlia) — murakkabguldoshlarga mansub manza- rali ko’p yillik o’tsimon o’simlik. Bar- glari patsimon kertikli. Poyasi kovak, mo’rt, bo’yi 35-200 sm. Ildizi kartosh- kali. To’pguli turli rangdagi juda ko’p tilsimon va naychasimon gullardan ibo- rat. Meksika va Gvatemaladan tarqalgan. 15tacha yovvoyi turi ma’lum. Evropada 18-a. oxirlarida o’stirila boshlagan. 8000 dan ortiq navi bor. Ekiladigan xilma-xil K. (D. variabilis) gulining bar- cha mavjud tur-xillari shartli ravishda 3 guruhga (guli qat-qatmas, yarim qat- qat va qat-qat) bo’linadi. To’pgulining tashqi bir qatori tilsimon gullardan, qolgan qismii esa naychasimon gullar- dan iborat va pionsimon bo’lganlari yarim qat-qat K.ga, to’pguli sharsimon va xrizantemasimon bo’lganlari qat-qat gulli K.ga kiradi. To’pgullari 3-35 sm kattalikda. K. qalamchalaridan, kartosh- kasi bo’lakchalaridan va ahyonda urug’idan ko’paytiriladi. Erta bahorda ekila- Di. K. iyul—sent.da gullaydi. Kuzgi qorasovuqlardan keyin kartoshkasi (tu- ganagi) qazib olinadi, quritiladi va quruq qorong’i xonalarda 4-5° haroratda saqlanadi.