ZIG’IR KOMBAYNI

ZIG’IR KOMBAYNI uzun tolali zig’ir poyasini yig’adigan qishloq xo’jalik mashinasi. Asosiy qismlari: shkiv, 4 sektsiyali poya sug’urish apparati, poyalarni bo’lgich, ko’ndalang transportyor, urug’ni poyadan sidirib olish apparatiga uzatuvchi transportyor, sidirish apparati, panjarali sidirish barabani va kamerasi, uzatish mexanizmlari va bog’ bog’lagich. Mashina g’ildirakli ramaga o’rnatilgan. Traktorlarga tirkab ishlatiladi. Mashina yurganda poya ajratkich zig’irpoyani yulish apparati sektsiyalariga yo’naltiradi. Yulingan poya ignali transportyorga, undan qisish transportyori yordamida sidirish kamerasiga tushadi. Sidiruvchi apparat panjali baraban bilan poyadagi urug’larni sidirib transportyorga tashlaydi, urug’undan qopga tushadi, bog’ bog’lagich urug’i sidirilgan poyani bog’-bog’ qilib bog’laydi. Sidirish apparati ishlatilmaganda Zig’ir kombaynidan zig’irpoya yulgich sifatida foydalanish mumkin. Mashinaning ish unumi soatiga 0,5—0,7 gektar.