KOPULYATIV ORGANLAR

KOPULYATIV ORGANLAR, qo’shilish organlari — hayvonlarning qo’shilish (kuyikish) organlari; erkak qayvonlarda spermani urg’ochisi tana- siga kiritish, urg’ochilarda erkagining K.o.ini qabul qilish va urug’ini tirik holda saqlash uchun xizmat qiladi. K.o. faqat ichki urug’lanadigan hayvonlar: ko’pchilik chuvalchanglar, mollyuska- lar, bo’g’imoyoqlilar, ayrim baliqlar, suvda va quruqlikda yashovchilar, bar- cha sudralib yuruvchilar (gatteriyadan tashqari), ayrim qushlar va barcha sut emizuvchilarda bo’ladi. K.o. jinsiy yo’llarning keyingi qismidan hosil bo’lganida haqiqiy, jinsiy Sistema b-n bog’lanmaganida qo’shimcha K.o. dey- iladi. Erkak hayvonlarda K.o. funktsi- yasini oyoqlar (qisqichbaqachasimonlar, o’rgimchaksimonlarda), og’iz organla- ri (ayrim kanalar, solpuglar, ayrim qanotsiz hasharotlar), baliqlarda pay- paslagichlar (boshoyoqli mollyuskalar gektokotili) bajarishi mumkin. Odatda, K.o. spermani urg’ochi hayvon tanasiga jinsiy teshik orqali yoki tana devori- ni teshib teri ostiga kiritadi (ayrim kiprikli chuvalchanglar, parazit halqali chuvalchang mezostomidlar, zuluklar, bosh aylangichlilar). K.o.ning morfologik xususiyatlari, ko’pincha, asosiy sistema- tik belgi hisoblanadi.