Kompost

Kompost (lot. compositus — tarkib-li) — har xil organik modda- larning mikroorganizmlar ta’sirida chirishi natijasida hosil bo’ladigan mahalliy o’g’it. Kompostlashda o’simlik o’zlashtira oladigan oziq elementlar (azot, fosfor, kaliy va b.) mikdori or- tadi, patogen mikroflora va gelmint- lar tuxumi o’ladi, tsellyuloza va pectin moddalar mikdori kamayadi, organic massa tuproqqa solish uchun qulay Fi- zik xossaga ega bo’ladi. Gune (torf, par- randa axlati, xazon), nishxo’rd, ro’zg’or chiqindilari, najas, qipiq, oqar suv loyqalari kompostlashning asosiy ma- terialidir. Kompostlashning davomiy- ligi chiqindilarning tarkibi, namlik, yil fasli va b. sharoitlarga bog’liq. K. uyumi qizishdan to’xtab, unda bir xil- dagi o’zgarmas harorat qaror topganidan keyin tayyor qisoblanadi. Chiqindi xud- Di go’ng kabi chuqurlarga bosib yoki uyum qilib tayyorlanadi. K.uyumi tuproq b-n ko’miladi. Chirish jarayoni chiqindida organik modda (miqdori 25%dan kam bo’lmaganda), namlik (50-55%) etar- li bo’lganda yaxshi kechadi. Yoz oylari- da K.massa-siga suv sepib turiladi. Chiqindi massasidan 50% K.chiqadi. Chiqindidan hosil bo’lgan K.tarkibida o’rta hisobda 30-50% organik mod- da, 0,6—1,0% azot, 0,4—1,0% fosfor, 0,5—1% kaliy bo’ladi. Chiqindidan K. tayyorlashda unga oqar suv loyiqasi yoki najas qo’shib, sifatini anchagina yaxshi- lash mumkin. Ba’zi hollarda tarkibini yaxshilash uchun K.ga fosforit uni, kaliy to’zlari qo’shiladi. K. o’g’it sifatida or- ganik o’g’itlardan qolishmaydi va barcha q.x. ekinlarga (gektariga 20— 40 t) ish- latiladi. Amina Karimberdieva.