Kelin salom

Kelin salom — nikoh to’yi marosimlaridan. K.s. turkiy va b. xalqlarda turli shakllarda uchraydi. Ke- Lin tushgan kunning ertasiga ertalab ku – yovning ota-onasi va yaqinlariga hurmat yuzasidan o’tkaziladi. Mahallaning dasturxonchisi yoki K.s.ni boshqaruvchi kelinni yasantirib, yuziga parda yop- gan holda hovliga olib chiqadi, qiziq gaplar, hikmatli so’zlar, baytlar b-n kelin yoniga keluvchilarga murojaat qilgan. Kelin jim turgancha gap kimga qaratilgan bo’lsa, o’shanga qarab ta’zim qilgan. Baland ovoz b-n birinchi bo’lib, qaynota, so’ng qaynona nomini aytib K.s. deydi. K.s. kuyov ota-onasidan boshlanib, oiladagi eng kichik bolalargacha, qo’ni- qo’shnilarga ham bag’ishlangan. Kelin ta’zim b-n egilib qaynota va qaynonasiga salom qiladi, ular sa- lom javobini berib, kelinning boshiga ko’rmana qo’yadilar. So’ng kuyovning aka- ukalari qarindosh va yaqinlari navbat b-n kelib, dasturxonchi qo’liga ko’rmana (odatda pul, mato, ro’mol va b.) beradilar. Dasturxonchi ularga kelin nomidan tur- li sovg’alar (kiyimlik, ro’mol, belbog’va b.) topshiradi (yana. q. Bet ochar). Ad.: Bo’riev O., Shoymardonov I., Na- sriddinov K,., O’zbek oilasi tarixidan, T., 1995.