ZOKONIY NIZOMIDDIN UBAYDULLO
ZOKONIY NIZOMIDDIN UBAYDULLO (1270/1280 – Eron – taxminan 1370) –fors yozuvchisi va shoiri, fors adabiyotida hajv (satira janri) asoschisi. Zakon va Bag’doddagi bilim maskanlarida ta’lim olgan. Arab va fors tillarida ijod qilgan. Zokoniyning «Navodir ul-amsol» («Nodir masallar»), «Axloq ul-ashrof» («Zodagonlar axloqi»), «Sad pand» («Yuz nasihat») kabi asarlari fors adabiyotining nodir namunalari hisoblanadi. «Mush-u-gurba» («mushuk ila sichqon») kichik hajmli majoziy dostoni jahon xalqlarining ko’plab tillariga, shuningdek, o’zbek tiliga ham tarjima qilinib, 1907 -09 yillarda bir necha bor chop etilgan.