Keskich

Keskich (mashinasozlikda) — me- Tall va metallmas zagotovkalarga ishlov beruvchi kesuvchi asbob. Kesuvchi qismi ma’lum geometrik shaklga ega bo’lgan kallak va stanokka mahkamlanadigan tanadan iborat. Kallagining shakliga ko’ra, K. to’g’ri, Qayirma (egilgan) kal- lakli; tutqichining shakliga ko’ra, to’g’ri to’rtburchakli, kvadrat, doiraviy; kal- lakni tanaga tutashtirilishi bo’yicha yaxlit, payvand kallakli, kavsharlangan plastinkali va b. turlarga bo’linadi. K.lar ishlov berish turiga qarab o’tuvchi, qirqib oluvchi, yo’nib kengaytiruvchi, kesib tushiruvchi, rezba ochuvchi, ariqcha yo’nuvchi va b.ga bo’linadi. K.ning yana xo- maki ishlash (shilish), toza ishlash, yupqa yo’nish, silliqlovchi turlari; chapaqay (zagotovka o’ngdan chapga tomon yo’naladi), o’naqay (chapdan o’ngga tomon) turlari bor. K.ning kallagi asbobsozlik, tez- kesar po’latlar, volfram va titan kar- bitlari asosidagi qattiq qotishmalar, sintetik olmoslar, mineral-keramik materiallardan; tanasi esa konstruktsi- on po’latlardan tayyorlanadi. K. tokarlik stanoklari, boshqa stanoklar yoki maxsus stanoklarga o’rnatib ishlatiladi.