Kimaklar xoqonligi

Kimaklar xoqonligi – Irtish daryosi bo’ylarida va hoz. Qozog’istonning shim. – Sharqiy mintaqalarida 9-a. ning boshlarida vujudga kelgan yirik ko’chmanchi davlat. K.x.ga 7 qabila: imi, imak, tatar, baandur (boyondur), qipchoq, laniqazi, Ajat kirgan. K.x. tarkibi- da keyinchalik turklashib ketgan mo’g’ul qabilalari ham bo’lgan. «Hudud ul-olam» asari (yu-a.)da ko’rsatilishicha, K.x. pod- shosi «xoqon» (Yamal payg’u) deb atalib, u merosiy bo’lgan, uning erlari 11 vilo- yatga bo’lingan. Viloyatni maxsus hokim (Malik) idora etgan. K.x.dagi soliq to’lovchilar lavozimi merosiy bo’lgan. 10-a. o’rtalarida K.x. Jan. Ural tog’ining Jan.-g’arbiy qismini, Emba va Ural Daryo vodiylarini eg’allab, Kaspiy dengizi sohillariga chiqqan. 11-a. boshida ki- maklarning g’arbiy guruhi (qipchoqlar) Sirdaryoning quyi va o’rta oqimlarini eg’allagan. 11-a. boshlarida ichki qarama- qarshiliklarning keskinlashishi, qipchoqlarning boshqa qabilalar ustidan hukmronlik qilishga intilishi tufayli K.x. emirilib, uning hududidagi barcha qabilalar qipchoqlarga tobe bo’lgan. Ad.: Kumekov B.E., Gosudarstvo kima- kov IX—XI vv. po arabskim istochnikam, Alma-Ata, 1972.