Kiyiko’t
Kiyiko’t (Ziziphora) — yalpizdosh- lar oilasiga mansub bir va ko’p yillik o’tlar turkumi. Bo’yi 30 sm cha. Poyalari ingichka, kulrang. Bargi nashtarsimon. Guli yarim shar ko’rinishidagi tupgulda, poyalarning uchida joylashgan. Tojbargi ikki labli, pushti, ustki tojbargi yax- lit, to’g’ri. Urug’i avg.da etiladi. Bargi va to’pgulidan olinadigan efir moyi atir- upa sanoatida ishlatiladi va undan tib- biyotda mentol olinadi. 22 turi O’rta Osiyo, Oltoy va Zakavkaze cho’llarida, qumli, qurg’oqchil tog’yon bag’irlarida o’sadi. O’zbekistonda 7 turi, asosan, adir va tog’larda, faqat bir turi (cho’lyalpiz) cho’l zonasida o’sadi.